Ozodbek Nazarbekov - Ko`rgim kelar

Saharda bog`imda gulladi chaman,
Go`zal, seni sog`insam, uni quchaman.
Dardimni o`zidan boshqa kim bilar,
Sog`indim, men seni bir ko`rgim kelar. (x2)

Men seni eng shirin so`zim degandim,
Meni kutgil, qaro ko`zim, degandim.
Va’dalaring hamon bag`rimni tilar,
Tilsa ham men seni bir ko`rgim kelar.

Va’dalaring hamon bag`rimni tilar,
Tilsa ham men seni bir ko`rgim kelar.

Saharda bog`imda gulladi chaman,
Go`zal, seni sog`insam, uni quchaman.
Dardimni o`zidan boshqa kim bilar,
Sog`indim, men seni bir ko`rgim kelar.

Yo`lingga bo`yladim kechayu kunduz,
Sevgi samosidan to`kildi yulduz.
Endi ko`rmasligim ko`zim ham bilar,
Shunda ham men seni bir ko`rgim kelar.

Endi ko`rmasligim ko`zim ham bilar,
Shunda ham men seni bir ko`rgim kelar.

Saharda bog`imda gulladi chaman,
Go`zal, seni sog`insam, uni quchaman.
Dardimni o`zidan boshqa kim bilar,
Sog`indim, men seni bir ko`rgim kelar.

Bu jonim tanni tark etsin, mayliga,
O`zgalar visolga yetsin, mayliga.
Alisher, behuda kuyma desalar,
Bevafo men seni bir ko`rgim kelar.

Alisher, behuda kuyma desalar,
Bevafo men seni bir ko`rgim kelar.

Saharda bog`imda gulladi chaman,
Go`zal, seni sog`insam, uni quchaman.
Dardimni o`zidan boshqa kim bilar,
Sog`indim, men seni bir ko`rgim kelar. (x3)

Sog`indim, men seni bir ko`rgim kelar,
So`nggi bor men seni bir ko`rgim kelar.



Бошка кушик матнлари:


Sherali Jo'rayev - Meni kutgil
Komiljon Otaniyozov - Yor qaro ko’zlaring (Na tilar mandan)
Ozodbek Nazarbekov, Shirin Mamatova - Une vie d’amour
Tohir Sodiqov - Sevgi
Barno - Behuda


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты